Samarqandda 15 yoshli qiz farzandli boʻldi: bolaning otasi 18 yoshda
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida joylashgan maktablarning birida 8-sinf oʻquvchisi oʻgʻil farzandli boʻlgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bolalar ombudsmani holatni oʻrganib, oʻz kuzatuviga olganligini eʼlon qildi.
Maktabning 8-sinf oʻquvchisi, voyaga yetmagan (2009-yilda tugʻilgan) P.Z. oʻziga avvaldan tanish boʻlgan, 2006-yilda tugʻilgan Sh.E. bilan yaqin munosabatda boʻlgani aniqlandi. Oʻquvchi qiz 2024-yil 6-may kuni shifoxonada chaqaloqni dunyoga keltirgan.
Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan) tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa maʼlumotlar hozirda ochiqlanmagan. Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring