Samarqandda 1,5 milliard soʻmlik “svet” va gazni oʻgʻirlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqarolar Sh.X. va Gʻ.S. “M.O.” fermer xoʻjaligi rahbarining xabardorligisiz, xoʻjalikning “Jaxonobod” MFY hududidagi binosida 932,9 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “L.Y.” NTM va “N.B.” MCHJga qarashli binoda MCHJ rahbari fuqaro S.T. 641,5 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring