Samarqand viloyatida kanallarni betonlash ishlari nazoratga olindi

11:05 04 Mart 2026 Jamiyat
220 0

Mamlakatimizda suv resurslaridan samarali va tejamkor foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktyabrdagi 660-sonli qaroriga muvofiq, 2025–2026-yillarda Samarqand viloyatida 5 ta obyektda kanal va sugʻorish tarmoqlarini betonlash hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorga asosan, Bulungʻur tumanida 23,5 kilometr kanalni betonlash, 11,3 kilometr quvur yotqizish va 2,5 kilometr lotok oʻrnatish rejalashtirilgan. Ushbu ishlar 2,2 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlarining suv taʼminotini yaxshilashga xizmat qiladi. Ayni paytda “Oqtepa” kanalida betonlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Obyektda bajarilayotgan ishlar sifati Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan doimiy nazoratga olingan. Tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan navbatdagi monitoring davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, kanalning PK0+00 dan PK91+00 qismigacha boʻlgan hududida 220 kvadrat metr maydonda beton ishlari sifat talablariga javob bermasligi maʼlum boʻldi. Ushbu qism joyida buzdirilib, qaytadan talab darajasida bajarish boʻyicha masʼullarga koʻrsatma berildi.

Shuningdek, tekshiruv jarayonida ijro hujjatlari toʻliq yuritilmagani, ishchilarning maxsus ish kiyimlari bilan taʼminlanmagani ham aniqlandi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Nazorat tadbirlari izchil ravishda davom ettirilmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV,“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер