Samarqand viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
“Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–392-son, 27.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, Samarqand viloyatida drayver loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi manzilli dastur tasdiqlandi, jumladan:
- xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega hamda ichki xoʻjaliklararo 298 km avtomobil yoʻllari hamda 15 ta yoʻl oʻtkazgichni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;
- 14 ta tuman (shahar)da 1 ta podstansiyani taʼmirlash, 70 ta transformator punktini oʻrnatish, 137 km elektr tarmoqlarini yangilash;
- ichimlik suvi va oqova suv tizimini yaxshilash uchun 14 ta tumanda 90 ta suv inshooti, 242 km suv tarmogʻini qurish va taʼmirlash.
2026-yil 1-iyuldan Samarqandda:
- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari toʻliq tuman (shahar) suv korxonalari ixtiyoriga oʻtkaziladi;
- suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida talabgorlarga paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun belgilangan tartibda har bir gektariga 12 mln soʻmdan subsidiya beriladi.
2026-yil 1-yanvardan viloyatdagi qurilish, taʼmirlash va modernizatsiya qilish loyihalari qatʼiy ravishda “yashil” tamoyillar va energiya samaradorligi boʻyicha minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
2026/2027 oʻquv yilidan Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha fakultet tashkil etish choralari koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring