“Samarqand noʻxat shoʻragi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.
Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyati adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining koʻmagi bilan joriy yilning 3-iyul kuni “Samarqand noʻxat shoʻragi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattorov bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noʻxat shoʻragi” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.
Oʻzbek milliy taomlarini tayyorlanish jarayoni va ovqatlanish madaniyati juda uzoq tarixga ega va oʻzbek xalqning koʻp yillik tajribasiga asoslanadi. Urf-odat va anʼanalar hududning iqlim sharoitidan va mahalliy aholining turmush tarzidan kelib chiqqan holda shakllangan. Har bir hudud aholisi milliy taomlar tayyorlash borasida oʻz uslubiga ega.
Samarqand noʻxat shoʻragining oʻziga xos tomonlaridan yana biri — taomda pishirilgan goʻshtlar va ilik aralashmasi, ushbu mahsulotlar qaynatilgan shoʻrva, shuningdek, 1-2 soat davomida xona haroratida quritilgan Samarqand nonining ishlatilishi natijasida taʼmlarning umumiy gammasiga erishishidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring