Samarqand, Buxoro va Qoʻqon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualari ishga tushiriladi

Foto: president.uz
Prezident raisligida sanoatni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda zargarlikda ham imkoniyatlar juda kengligi, mamlakatimizda 300 million dollarlik ichki bozor borligi taʼkidlandi.
Bu talabni bemalol oʻzimizni mahalliy zargarlar qondirishi mumkin. Shu sababli ularni qoʻllab-quvvatlash uchun 1-dekabrdan boshlab:
— oltin va kumushga kechiktirib toʻlash uchun barcha banklar va Eksportni ragʻbatlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi;
— kafolat olish imkoniyati yakka tartibdagi zargarlar uchun ham yaratiladi;
— oltin, kumush va zargarlik uchun zarur boshqa xom ashyolarni qayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabi bekor qilinadi;
— zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi;
— 10 ming dollargacha boʻlgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi (hozir 5 minggacha ruxsat berilgan).
Tegishli viloyatlar hokimlariga Samarqand, Buxoro va Qoʻqon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualarini ishga tushirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring