Salkam 100 million soʻmlik psixotrop moddalar savdosining oldi olindi

14:03 12 Mart 2025 Jamiyat
152 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro A.A.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjud boʻlgan 6 ming quti “Keto coffee mix” mahsulotini va 1 ming 800 dona «Reduksin Layt« nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 82 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Ulugʻnor tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqarolar Sh.P. va O.J. oʻzaro til biriktirib, 126 dona “REGAPEN” nomli dori vositasini 4,5 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Bundan tashqari, Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.R. 30 quti “Keto coffee mix” mahsulotini 6 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi Departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер