Sakkiz yil avvalgi anglashilmovchilik yolg‘iz ayolni sarson qildi
Foto: “Xalq so‘zi”
Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Bobohaydar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Regiyon qishlog‘ida yakka-yolg‘iz yashovchi, nogironligi bo‘lgan keksa ayol Sarvar aya Rajabovaning uyiga yangi gaz hisoblash uskunasi o‘rnatildi. O‘rnatildi-yu, lekin gazdan darak bo‘lmadi. Uy sovuq, mana, izg‘irinli kunlar ham boshlanyapti. Bu sharoitda qanday kun o‘tkazish va salomatlikni asrash mumkin?
Ayol "Shofirkontumangaz" gaz taʼminoti bo‘limiga bir necha bor murojaat qildi. Bo‘lim xodimlari har gal unga tabiiy gaz uchun 2012-2013 yildan qolib ketgan qarzdorligi borligini, qarz to‘langanidan so‘ng yangi gaz hisoblash uskunasi avtomatik tarzda faol holatga kelishini aytishdi. Sarvar aya esa aslida bu asossiz qarzdorlik ekanligini uqtirar, ammo masalaga aniqlik kiritish hech kimning xayoliga kelmasdi.
-Sarvar Rajabova shunday sarsongarchilikdan so‘ng yordam so‘rab qabulxonamizga murojaat qildi,- deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shofirkon tumanidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi S. Normurodov. - Masala darhol Xalq qabulxonasi mudiri F. Hafizov boshchiligida soha mutaxassislari, mahalla raisi va mahalliy Kengash deputati jalb qilingan holda atroflicha o‘rganildi.
Isteʼmolchining gaz hisobi va to‘lovi bo‘yicha hujjatlari “Shofirkontumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tizimidagi mavjud to‘lov varaqalari bilan solishtirilganida Sarvar Rajabovaning haqligi aniqlandi. Solishtirish jarayonida yuzaga kelgan tafovutga aniqlik kiritish maqsadida kerakli hujjatlar jamlanib, ortiqcha summani chegirish uchun Buxoro viloyati hududiy gaz tashkilotiga yuborildi va fuqaroning tabiiy gaz taʼminoti bilan bog‘liq muammosi hal etildi.
Ha, yolg‘iz yashovchi, bir mushtipar ayolning ko‘ngli nihoyat, xotirjam tortdi. Sakkiz yil avvalgi anglashmovchilikka barham berildi. Lekin shu masalani o‘z vaqtida hal etish uchun birovning boshi og‘rimaganiga hayron qolasan kishi. Buyog‘i “Shofirkontumangaz” gaz taʼminoti bo‘limida ishlovchilarning vijdoniga havola, albatta.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring