Sayyor sud sayoq yurganlarni kechirdi, biroq hammasini emas...

Otabek ISROILOV/“Xalq soʻzi”. Toʻgʻri oʻzadi, egri toʻzadi. Bolaligimizdan qulogʻimizga quyilib kelingan bir naql bu. Ulgʻaygach bildikki, toʻrttagina soʻzdan iborat mana shu jumlada butun hayot falsafasi aks etar ekan.
Oʻrta Chirchiq tumani ichki ishlar boʻlimida boʻlib oʻtgan tadbir davomida hayotning bu hikmati quloqlar tagida yana bir bor sado bergandek boʻldi.
Sababi ushbu tadbirning asosiy ishtirokchilari sodir etgan turli jinoyatchilik holatlari uchun ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari, shartli hukm va muayyan huquqdan mahrum qilish kabi jazolar tayinlanganlar hamda majburiy jamoat ishlari jazosiga jalb etilgan va ayni paytda tuzalish yoʻlida boʻlgan fuqarolar edi.
Ular bilan uchrashuvda tuman hokimi Ixtiyor Qosimov, tuman prokurori Ulugʻbek Komilov hamda tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Anvar Sultonov inson umrining har bir daqiqasi gʻanimatligi, bu umrni yaxshi va ezgu ishlar bilan bezash kerakligi, halol yashash, jinoyatchilikning oldini olish va foydali mehnat bilan shugʻullanish, shuningdek, yurtimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan katta imtiyozlar va keng imkoniyatlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Tadbir davomida jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrta Chirchiq tumani sudining sayyor sudi ham boʻlib oʻtdi.
Sayyor sud majlisida jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrta Chirchiq tumani sudi raisi Sagdulla Ashirmatov hamda tuman prokurori yordamchisi Umidjon Umarov ishtirokida Oʻrta Chirchiq tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turuvchilarning jinoyat ishlari qayta koʻrib chiqildi.
Tuzalish yoʻliga oʻtgan, oʻziga toʻgʻri xulosa chiqargan va yaxshi tavsiyanoma olgan 16 nafar mahkum tayinlangan jazolardan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
Aksincha, bunday ijobiy oʻzgarishlar qilmagan 1 nafar mahkumga esa jazo qayta tayinlandi.
Sud raisi ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar haqida axborot berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring