Sayyoh Oʻzbekistonni piyoda 80 kunda aylanib chiqmoqchi

11:33 03 Iyul 2019 Welcome to uzbekistan
3338 0

Xalq soʻzi Online”. Saminjon Husanov/Andijon. Sayyoh Sohib Rajabov butun Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun yoʻlga tushdi.

Ahamiyatli jihati shundaki, u Andijon viloyatining eng chekka hududi boʻlmish Xonobod shahridan Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanigacha boʻlgan 2200 kilometr masofani piyoda bosib oʻtishga qarorga qilgan. Buning uchun sayyohga 80 kun vaqt kerak boʻladi.

“Oʻzbekiston jahonga yuz tutmoqda. Xorijliklarning ham mamlakatimizga boʻlgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Chet elliklarning tomosha, ziyorat qilsa, dam olsa boʻladigan maskanlari juda koʻp. Tabiatimiz, milliy anʼanalarimiz, arxitekturamiz betakror. Buni xorijlik sayyohlarga tushuntirishimiz kerak. Nega aynan piyoda yoʻl bosishimga kelsak, men respublikamiz sayyohlar uchun eng xavfsiz, bexavotir, qiziqarli va mazmunli maskan ekanligini amalda isbotlab bermoqchiman”,-deydi Sohibjon Rajabov.

Sayyohni manzildan manzilga Xonobod shahar hokimi Musaxon Mamadaliyev kuzatib qoldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?