Saylovdan keyingi Senatning birinchi majlisi boshlandi
Toshkent shahrida 19-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi boshlandi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, mamlakatimiz va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda. Saylov kodeksiga muvofiq majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxoʻjayev ochdi.
Oliy Majlis Senatini shakllantirish jarayoni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda takomillashtirilgan milliy saylov qonunchiligi talablariga binoan ochiqlik va oshkoralik kabi demokratik tamoyillar asosida amalga oshirildi.
Senatorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat aʼzolari saylovi boʻyicha qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylandi.
Yuqori palataning 9 nafar aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi farmoni bilan tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi shu yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining barcha aʼzolarini roʻyxatga oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring