Saylov mamlakat kelajagi uchun muhim tanlov — Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
 
                Oʻzbekiston yoshlari bugun har sohada faol. Birgina joriy yilning oʻzida Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sportchilari butun dunyoga oʻz kuch va salohiyatini koʻrsatib qoʻyishdi.
Bugungi saylov jarayonlari ham Oʻzbekistonning bugungi taqdiri va kelajagini belgilovchi muhim tadbir hisoblanadi. Unda boks boʻyicha Olimpiada chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham ishtirok etib, ovoz berdi.
“Agar taʼbir joiz boʻlsa, kelajagimiz uchun muhim tanlovdir. Shu bois erta tongda Fargʻona davlat universitetida tashkil etilgan 71-saylov uchastkasida ovoz berdim. Saylovda talaba yoshlarning juda faol qatnashayotgani meni behad mamnun etdi.
Saylov uchastkasi raisi Muhammadjon Mamajonovninng maʼlum qilishicha, oʻtgan qisqa vaqt ichida roʻyxatdan oʻtgan ikki mingdan ziyod saylovchilarning oʻttiz foizdan koʻprogʻi oʻz tanlovini amalga oshirib boʻldi. Bu albatta quvonarli holat.
Ishonamizki, muhim siyosiy jarayonda fargʻonalik yoshlar faollik koʻrsatib, oʻz kelajagi uchun befarq emasligini namoyon etadilar“, dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring