Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri lavozimiga tayinlandi
Foto: president.uz
Prezident farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri lavozimiga tayinlandi. Ushbu shoʻba yangidan tuzilgan boʻlib, Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini oʻrganish va axborot siyosati uchun masʼul oʻrinbosari tizimi tarkibiga kiradi.
Shuningdek, S.Sh.Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va taʼlim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.
Taʼkidlash lozimki, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi Saida Mirziyoyeva koʻp yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020-yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining oʻrinbosari, 2020-yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari lavozimlarini egallagan.
Uning faoliyati davomida soʻz erkinligini taʼminlash, vazirlik va idoralarning ochiqlik siyosati, matbuot xizmatlarini joriy etish, madaniyat sohasini rivojlantirish va gender tenglik masalalari boʻyicha koʻplab loyihalar amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring