Safina Saʼdullayeva Slovakiyadagi turnirda shaxsiy rekordini yangiladi
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Safina Sadullayeva Yevropa turnirlaridagi ishtirokini davom ettiradi. Bu gal hamyurtimiz Slovakiyadagi musobaqada qatnashdi.
Garchi Saʼdullayeva sovrinli oʻrinlarga ilina olmagan boʻlsa ham, bir qator ahamiyatli natijalarni qayd etdi. Jumladan, bundan avval Chexiyada qayd etgan 1.92 metr natijasini 1 smga yaxshilashga muvaffaq boʻldi. Qayd etish joiz, bu Osiyo qitʼasi vakilalari orasida mavsumdagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib turibdi.
Musobaqa anʼanaga muvofiq, yopiq inshootda “Banskobystrická latka” musiqasi ostida oʻtkazildi. 1.93 m natija bilan hamyurtimiz toʻrtinchi pogʻonani egalladi. Safina qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga Olimpiada chempioni rossiyalik Mariya Lasiskeneni ham ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi.
Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati:
“World Athletics Indoor Tour Silver”, Slovakiya
Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Eleanor Patterson (Avstraliya) – 1.99
2. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.96
3. Mariya Vukovich (Chernogoriya) – 1.96
4. Safina Saʼdullayeva (Oʻzbekiston) – 1.93.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring