Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Sizni tugʻilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklayman!
Sizning uzoqni koʻra biladigan qatʼiy rahbarligingiz tufayli Oʻzbekiston iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda sezilarli oʻzgarishlarga erishdi, xalqaro maydonda oʻz mavqeini salmoqli darajada mustahkamladi.
Siz boshlagan islohotlar — davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, yoshlar va xotin-qizlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, hududlarni rivojlantirish, qoʻshni mamlakatlar bilan yaqin aloqalarni mustahkamlash oʻz samarasini bermoqda.
Tashabbuslaringiz va ijobiy siyosatingiz nafaqat qardosh Oʻzbekiston xalqiga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Qirgʻiz Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash ruhini mustahkamlashga qoʻshayotgan shaxsiy hissangiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Oʻrtamizdagi doʻstona munosabatlarimizni, ochiq va ishonchli muloqotimizni ham alohida qadrlayman.
Qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi yaqin va doʻstona munosabatlar, shuningdek, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib, rivojlanib borishiga ishonchim komil.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, bitmas-tuganmas kuch-gʻayrat, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va porloq kelajak tilayman.
Chuqur hurmat bilan,
Sadir Japarov,
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring