Sadir Japarov Qirgʻizistonning hududiy yaxlitligiga tahdid haqida gapirdi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning aytishicha, Tojikiston bilan chegara hududidagi mojaro mamlakat hududiy yaxlitligini tahdid ostiga qoʻymoqda.
“28-30-aprel Qirgʻiziston xalqi uchun ogʻir tarixiy sinovlar va qaygʻuli kunlar boʻldi. Muqaddas Vatanimizning hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid tugʻildi, tinch odamlarning osudaligi buzildi”, degan Japarov Tojikiston bilan chegara hududida yuz bergan mojaro haqida.
Tojikiston bilan chegara hududida yuz bergan mojaro tufayli Qirgʻizistondagi 78 ta uy zarar koʻrgan. Qirgʻiziston mojaro hududidan 33 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 28-aprel kuni Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida tojik tomoni oʻz hududi deb hisoblagan “Bosh” suv taqsimlash punkti hududida mahalliy aholi oʻrtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Keyin u qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi va oqibatda 40 nafarga yaqin odam halok boʻldi, 200 dan ortiq odam jarohat oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring