«Rutan»ning koronavirusga qarshi taʼsiri maʼlum qilindi
Fanlar akademiyasi va sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida Rutan haqida maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, Rutan preparati antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega boʻlib, SARS-COV-2 virusining 2 ta muhim ferment tizimini ingibirlaydi.
Virusning hujayrada koʻpayishi va tarqalishi hamda patologik va yalligʻlanish jarayonini chaqiruvchi oqsillar hosil boʻlishini toʻxtatadi va kasalliklarda salbiy holat — «sitokinin boʻroni»ning oldini oladi. Natijada, SARS-CoV-2 virusiga chalingan bemorlarning sogʻayish muddati qisqaradi va bemor oʻz holatiga tez qaytadi.
Rutan preparati 103 ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan oʻrtacha ogʻirlikda kechayotgan bemorlarda qayd etilgan dozada sinalganda, SOVID-19 orqali chaqirilgan yalligʻlanish jarayonining asosiy vositachisi boʻlmish S-reaktiv oqsili miqdorining statistik ahamiyatli kamayishi kuzatildi va bu orqali uning aniq yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega ekanligi aniqlandi. Rutan qabul qilgan biron-bir bemorga kasallik davomida oksigenatsiyaga muhtojlik boʻlmadi.
Rutan preparatini qabul qilgan sinov guruhi bemorlarini protokol davolash fonida kasallikning 4-5 kuni davomida ulardan SOVID -19 virusiga olingan PZR-test tahlili salbiy boʻldi.
Klinik sinov natijalariga koʻra, «Rutan tabletkalari, 0,1 g» №20 oʻrtacha ogʻirlikda kechayotgan oʻpka yalligʻlanishi 30% boʻlgan COVID-19 kasalligiga hamda grippning barcha shtammlariga qarshi dori vositasi sifatida qoʻllash uchun ruxsat etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring