Ruxsatsiz xalqaro kuryerlik bilan shugʻullanish javobgarlikka sabab boʻladi
Shavkat Mirziyoyev “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
“Bu orqali bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyat takomillashtiriladi”, deyiladi xabarda.
Mazkur qonunga koʻra, vakolatli davlat organini bojxona brokeri sifatida faoliyatni hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida xabardor qilish tartibini belgilovchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, mazkur faoliyat turlarini boshlash yoki tugatish toʻgʻrisida vakolatli davlat organini xabardor qilmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring