Rossiyaning yangi droni, Eron rahnamosining chaqirigʻi va Blinkenning bayonoti (+video)

10:29 02 Avgust 2024 Dunyo
277 0

Rossiya yangi dronlarini ishga tushirdi

Kiyevga yaqin hududdan uzoq masofaga uchuvchi yangi turdagi “Gerbera” dronlari topildi.

Maʼlum qilinishicha, “Shahed” dronining “kenja singlisi” deb atalgan bu dron Rossiyaning “Stalin lochinlari” harbiy qismi tomonidan eʼlon qilingan videolarda ilk bor koʻrinish bergan. Koʻpikli plastmassadan tayyorlangan va Ukraina SIM-kartasi bilan jihozlangan “Gerbera” droni Ukraina mudofaa kuchlariga qiyinchiliklar tugʻdirgan.

“Gerbera” dronining jangga kiritilishi Rossiya va Ukraina oʻrtasida davom etayotgan uchuvchisiz uchoqlar konfliktlarida yangi bosqichning boshlanganidan darak beradi. Rossiya asosan Eron tomonidan ishlab chiqarilgan “Shahed” dronlariga tayanib qolishdan qochib, “Gerbera” dan alternativ variant sifatida foydalanayotgan boʻlishi mumkin.

Ukraina harbiy razvedkasi Rossiya hozirda havo hujumidan mudofaa tizimini sinash va chetlab oʻtish uchun koʻpikli plastmassa yoki faneradan yasalgan arzon, uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz samolyotlardan foydalanayotgani haqida xabar bergan.

Qayd etilishicha, jang maydonlarida sinovdan oʻtayotgan yangi avlod dronlari koʻp funksiyali hamda potensial nishonlarga zarba berishga qodir. Ushbu dronning Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari haqida qimmatli maʼlumotlarni toʻplab, videoni Rossiya operatorlariga tezlikda uzatishi bilan boshqa turlardan ustunlikka egaligi taxmin qilinmoqda.

Chorshanba kuni Ukraina Harbiy-havo kuchlari Rossiya tomonidan otilgan 89 ta “Shahed” dronlarini yoʻq qilgan, ammo “Gerbera” droni Kiyev atrofidagacha sezdirmay kelishni uddalay olgan. Shunga qaramay, dron jangovar holatda boʻlmagan. Boisi bu asosiy model emas.

Ukrainalik harbiy mulozimlar Andrey Kramarov va Samuyel Bendettlar esa arzon va ishlab chiqarish oson boʻlgan, koʻp funksiyali dronlarga ehtiyoj ortayotganini qayd etdilar. “Gerbera” esa barcha talablarga javob beradi.

Dronlar boʻyicha mutaxassislar ham bunday arzon dronlarning Ukraina uchun xavf tugʻdirishini taʼkidladi. Oddiyligiga qaramay, bu dronlar razvedkada va havo hujumidan mudofaa vositalarida samarali boʻlishi mumkin.

Isroil Haniyaning oʻlimi uchun javobgarlikni olmadi

Isroil HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari tomonidan maʼlum qilindi.

“Tel-Aviv sodir boʻlgan voqea uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi”, deyiladi Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati bayonotida.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya shu yilning 31-iyulga oʻtar kechasi uyushtirilgan hujum oqibatida halok boʻldi. Falastin harakati oʻz yetakchilaridan birining oʻlimini tasdiqlab, hujumni “xoinlik” deb atadi va “sionistlar”ni aybladi.

Harakatning Livandagi vakili Mahmud Toxning aytishicha, Haniya qotilligi uchun javobgarlik Isroil hamda AQSH zimmasida va bu borada Vashington bilan kelishilgan.

Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xomanaiy chorshanba kungi yigʻilishda Haniyaning oʻlimiga javoban Isroilga zarba yoʻllashni buyurgan. Shuningdek, AQSH va Britaniya aviakompaniyalari Isroilga parvozlarni bekor qildi. Bunga Livan, Eron va Yamandagi guruhlarning Isroilga zarba berish haqidagi bayonotlari sabab boʻlgan.

“Pravda” nashriga koʻra, Isroilning “Mossad” razvedka xizmati Haniyaning Erondagi manzilini Pegasus aygʻoqchi dasturi orqali aniqlagan va WhatsAppdagi profiliga shifrlangan xabar joʻnatish natijasida foydalanuvchi sezmaydigan dastur joylashtirgan. Dastur Isroilda ishlab chiqilgan. Isroilliklar Haniyaning telefonidan bir qancha maʼlumotlar olgani va kuzatgani aytilmoqda.

Blinken bayonot berdi

Bayden maʼmuriyati Yaqin Sharqda davom etayotgan mojaroga barham berish uchun Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga intilmoqda. Shunga qaramasdan, Yaqin Sharqda Isroil tomonidan uyushtirilayotgan soʻnggi suiqasdlar koʻzlangan maqsadga erishishni qiyinlashtirdi. “Bu harakatlar mintaqani keng koʻlamli urushga yaqinlashtirmoqda”, deb yozadi “Politico” nashri.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va Mudofaa vaziri Lloyd Ostin vaziyatni tinchlantirishda diplomatiya muhimligini taʼkidladi. Blinkenning fikricha, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish Yaqin Sharq boʻylab keskinlikni kamaytirishning kalitidir.

“Hamma joyda vaziyatni moʻtadillashtirish kerak. Biz istagan eng yaxshi yoʻl bu Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishdir. Menimcha, mojarolarning ortishi boshqa hududlarga ham taʼsir koʻrsatadi. Bu holat Isroil va Livan shimolida boʻladimi, Eronda boʻladimi, Qizil dengizda husiylar bilan boʻladimi, farqi yoʻq, muhimi keskinlikning barham topishi”, dedi Blinken Singapurda bergan intervyusida.

AQSH mintaqaviy mojaroning oldini olishning asosiy yechimi sifatida muzokaralarga tayanishni rejalashtirmoqda. Vashington rasmiylari, agar bu muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, hech qanday B reja yoʻqligini qayd etmoqda. Taxminlarga koʻra, Isroil ham, HAMAS ham yangi imtiyozlar talab qilar ekan, hech qanday kelishuv boʻlmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер