Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida “Qovun sayli” festivali boʻlib oʻtdi

10:21 14 Iyul 2024 Jamiyat
519 0

Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida “Qovun sayli” festivali tashkil etildi.

Unda Krasnoyarsk oʻlkasida uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan vatandoshlar, sanʼat namoyondalari, talabalar, mahalliy hokimiyat hamda Krasnoyarsk oʻzbeklari hududiy milliy-madaniy avtonomiyasi vakillari, shuningdek, hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Taʼkidlash kerakki, “Qovun sayli” festivali krasnoyarskliklar oʻrtasida katta qiziqishga sabab boʻldi. Festivalga tashrif buyurganlarga qovun, tarvuz va oʻzbek milliy taomlar ulashildi.

Tadbirning madaniy qismida “Nihol” mukofoti sovrindori Izzatbek Xoliqov, “Fayzi navo” guruhi va Tomsk shahridagi “Yarada” raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar hamda raqslar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Festival doirasida, shuningdek, oʻzbek milliy kurashi boʻyicha musobaqa ham oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер