Rossiyalik oʻquvchilar Oʻzbekiston oromgohlariga keladi
Rossiyaning Primorsk oʻlkasi maktab oʻquvchilari Oʻzbekistonda joylashgan bolalar oromgohlariga tashrif buyurishadi. Bu haqda TASS xabar qildi.
Viloyat oʻquvchilari uchun oromgohlariga sayohatlar tashkil etilishi haqida gubernator Oleg Kojemyako Navroʻz munosabati bilan tashkil etilgan bayramda maʼlum qilgan.
“Biz oʻquvchilarimizni tabiiy mevalar bilan toʻyinishlari va yaxshi quyoshli kunlarni oʻtkazishlari uchun Oʻzbekistondagi lagerlarga joʻnatamiz. Hamkorligimiz uzoq va mustahkam boʻlishi uchun barcha ishni qilamiz”, degan u.
Tadbirda madaniyat doʻstlikning eng yaxshi elchisi ekanligini taʼkidlanib, bunday hamkorlikdagi ishlarni kelajakda Qirgʻiziston va Tojikiston bilan ham amalga oshirish niyat qilingani aytilgan.
Bundan tashqari Oʻzbekistonga oʻzining konsert dasturi bilan ijodiy guruh ham keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring