Rossiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida yashovchi oʻzbekistonliklarga zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmaslik tavsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bayonot berdi.
“Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi mavjud vaziyat munosabati bilan Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi zarur ehtiyot choralarini koʻrishni, oʻta zarurat boʻlmasa koʻchaga chiqmaslikni, shuningdek, odamlar koʻp yigʻiladigan jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.
Ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy taʼlim formatiga (onlayn) oʻtish maslahat berildi.
Taʼkidlanishicha, sizga konsullik yordami yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasining Konsullik boʻlimining Call-markaziga: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76 yoki uzkorus@mail.ru elektron pochta manzili orqali murojaat qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring