Rossiyada tanasining yarmi kuygan erkak Oʻzbekistonga qaytarildi

18:30 16 Sentyabr 2022 Jamiyat
743 0

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga andijonlik fuqaro N.N. Rossiya Federatsiyasining Kamchatka oʻlkasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida tanasining yarmi kuyib, shifoxonaga yotqizilgani va davolanish uchun moliyaviy imkoniyati yoʻqligi, Oʻzbekistonga qaytishida amaliy yordam soʻrab murojaat qiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Bosh konsulxona hamkorligida ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan maxsus shifokor hamrohligida Oʻzbekistonga olib kelindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер