Rossiyada oʻzbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib vafot etdi

14:13 25 Iyun 2024 Jamiyat
450 0

Illyustrativ foto

Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida qurilish-montaj ishlari paytida oʻzbekistonlik quruvchi 10 metr balandlikdan qulab, halok boʻldi. Bu haqda “Neva Today” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 21-iyun kuni soat 13:30 da sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 36 yoshli oʻzbekistonlik ishchi montaj ishlari olib borilayotgan vaqtda 10 metr balandlikdan yiqilib tushgan. Oqibatda u olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

“Politsiya hozirda mazkur holat boʻyicha qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini koʻrib chiqmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер