Rossiyada moliyaviy qiyin holatda qolib ketgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Rossiyada qiyin moliyaviy ahvolda qolgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Chelyabinsk viloyati Kishtim tumanida joylashgan “Russkiye pryaniki” korxonasida vaqtincha ishlash uchun borgan fuqaro S.A. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgan.
U bu haqida Bosh konsulxona diplomatlari bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qilib, doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun amaliy yordam soʻragan.
Taʼkidlanishicha, fuqaro S.A. shu yil may oyida tashkillashtirilgan tartibda mazkur korxonaga ishga kelgan. Uning Chelyabinsk viloyatiga yetib kelguniga qadar yoʻl xarajatlari, yotoqxona va boshqa koʻrinishdagi toʻlovlar ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan.
“Hamyurtimiz vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi patentni rasmiylashtirish maqsadida uch marotaba imtihon topshirgan. Ammo rus tilini bilish darajasini beruvchi sertifikatni rasmiylashtira olmaganligi sababli Rossiyada noqonuniy huquqiy maqomda qolgan”, — deyiladi xabarda.
Vatandoshimizni Oʻzbekistonga qaytarish uchun Yekaterinburg shahriga olib kelinib, vaqtincha boshpana bilan taʼminlangan. Shundan soʻng, Oʻzbekiston diplomatlari va faol vatandoshlar koʻmagida hamyurtimizga “Yekaterinburg-Toshkent” aviareysiga chipta xarid qilib berilgan.
Fuqaro S.A. 19-iyul kuni “Yekaterinburg-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha samolyotda Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan doimiy yashash manziliga kuzatib qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring