Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanmoqda

Foto: РИА Новости
13-dekabrgacha Rossiyaning barcha hududlarida koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi oʻrinbosari Tatyana Golikova aytib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, Bosh vazir oʻrinbosari mamlakat hududlari bilan aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlashga tayyorlik masalalari muhokama qilingan. Muloqotda barcha hududlar emlashga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq, Rossiyaning N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Aleksandr Ginsburg allaqachon mamlakatda 150 mingdan ortiq odam koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganini maʼlum qilgan edi.
Koronavirus bilan bogʻliq vaziyatni kuzatish boʻyicha tezkor shtabning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada ushbu infeksiya bilan 2 569 126 nafar odam zararlangan. Kasallik asoratlari oqibatida 45280 kishi hayotdan koʻz yumgan, 2 033 669 bemor tuzalgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring