Rossiyada koronavirus epidemiyasi kuzda qayta avj olishi taxmin qilinmoqda

Moskva 2020-yilning kuzida koronavirus infeksiyasining qayta avj olishiga duch kelishi mumkin. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.
«Pandemiya hali tugamagan. Bundan tashqari, kuzda biz vaziyatning bir qancha murakkabligiga duch kelishimiz mumkin. Bolalar maktablarga, talabalar universitetlarga borishdi, odamlar dala hovlilardan uylariga qaytishdi.
Bularning barchasi bemorlar sonining koʻpayishiga zamin yaratadi. Kasallikning bunday avj olishi vaqtida maʼlum bir korxona, ofis va maktablar vaqtincha yopilishi yoki masofaviy rejimga oʻtkazilishi mumkin», — deydi shahar hokimi.
Sobyaninning soʻzlariga koʻra, Rossiya poytaxti boshqa dunyo shaharlariga qaraganda kamroq yoʻqotish bilan pandemiyaning eng qiyin bosqichini oʻtkazdi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Moskvada har kuni 600 dan ortiq kishida koronavirusga topshirilgan test musbat natija bermoqda va toʻrt mingga yaqin bemor kasalxonalarda davolanyapti. Ularning har oʻntadan bittasi kasallikning ogʻir shaklini oʻtkazmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring