Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan Oʻzbekiston fuqarosi 4 yilga qamaldi
2024-yil boshida ijtimoiy tarmoqlarda ayol yosh bolani ayovsiz kaltaklayotgani va yana bir tasvirda shu bolani ayol va erkak yerga koʻmayotgani videolari keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, bu ayol Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi A.G. boʻlib, 2016-yildan beri Rossiyaning Novosibirsk shahrida turmush oʻrtogʻi B.I. bilan yashab kelgan. Videotasvirdagi bola esa ularning 2019-yilda tugʻilgan qizi R.X. boʻlgan.
Oʻzbekiston bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga kiritgan soʻrovi asosida Rossiya Tergov qoʻmitasining Novosibirsk shahri tergov boshqarmasi tomonidan A.G.ga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksi 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov Qoʻmitasining axborotiga koʻra, mazkur jinoyat ishi sud tomonidan koʻrib chiqilib, A.G. RF JK 117-moddasi 2-qismi “g“ bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan hamda jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilangan.
Maʼlum boʻlishicha, qiynoqlardan aziyat chekib kelgan 1,5 yashar bola 2021-yil avgustida vafot etgan. Onasi tibbiy muassasaga xabar bermay, bolani oʻzboshimchalik bilan koʻmgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring