Rossiyada Andijon—Moskva viloyatlari tadbirkorlarining biznes forumi boʻlib oʻtdi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Ayni paytda Andijon viloyatidan bir guruh tadbirkorlar delegatsiyasi Moskvada boʻlib, oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish masalasini oʻrganmoqda. Kecha boʻlib oʻtgan biznes forumda yuz nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi.
— Andijonda toʻqimachilik sanoati keng rivojlangan, — deydi “Nil Granit” kompaniyasi savdo boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Hamraqulov. — Birgina Xoʻjaobod tumanining oʻzida ushbu yoʻnalishda 200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Bu borada Moskva viloyatida ham yetarli tajriba maktabi yaratilgan. Ushbu yoʻnalishda hamkorlik aloqalarini oʻrnatsak, nafaqat, eksport salohiyati yuksaladi, balki, mahsulotlarning sifat darajasi ham yangi bosqichga koʻtariladi.

Tadbir davomida har ikkala davlat vakillari tomonidan oʻndan ziyod loyihalar koʻrib chiqildi.
— Andijon viloyatida baliqchilikni rivojlantirish uchun bir qancha asoslar bor, — deydi Rossiyaning “Food Team” kompaniyasi rahbari Olesya Popova. — Ayniqsa, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash borasida katta natijalarga erishish mumkin. Buning uchun bizning kompaniya oʻz hamkorligini taklif etadi.

Biznes forum davomida, shuningdek, qandolatchilik, avtomobilsozlik, elektr, farmatsevtika, kimyo yoʻnalishlaridagi loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring