Rossiyada 11 nafar oʻzbekistonlik mehnat migranti ovqatdan zaharlandi
Foto: Arxiv surat
Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyatida oʻzbekistonlik 11 nafar mehnat migrantining zaharlangani haqida ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Dastlabki oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, joriy yil 28-iyul kuni Volgograd viloyati Bыkovskiy tumanidagi “Pobeda” fermer xoʻjaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sogʻligʻi yomonlashgach, tez yordam chaqirilib, shifoxonaga olib borilgan.
Ovqatdan zaharlanish tashxisi qoʻyilib, ular shifoxonaga yotqizilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd viloyatidagi vakiliga shifokorlarning maʼlum qilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolar oʻzlarini yaxshi his qilishmoqda va sogʻligʻi tiklangach, shifoxonadan javob beriladi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring