Rossiya va AQSH hujum qilish mumkin boʻlmagan energetika obyektlari roʻyxatini tasdiqladi

11:32 26 Mart 2025 Dunyo
117 0

Illyustrativ foto

Kreml hujumlarga vaqtinchalik moratoriy qoʻyilgan Rossiya va Ukraina obyektlari roʻyxatini eʼlon qildi. Ushbu roʻyxat Moskva va Vashington tomonidan kelishilgan holda tuzilgan.

Unga neftni qayta ishlash zavodlari, neft va gaz quvurlari va omborxonalar, jumladan, nasos stansiyalari kiradi. Bundan tashqari, roʻyxatga elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish infratuzilmasi, jumladan, elektr stansiyalari, podstansiyalar, transformatorlar va distribyutorlar, shuningdek, atom elektr stansiyalari va gidroelektr toʻgʻonlari kiritilgan.

Kremlning aniqlik kiritishicha, vaqtinchalik moratoriy 2025-yil 18-martdan boshlab 30 kunga amal qiladi.Tomonlar oʻzaro kelishib, bu muddatni uzaytirishi mumkin. Agar ulardan biri moratoriyni buzsa, ikkinchisi oʻzini unga rioya qilish majburiyatidan ozod deb bilishi mumkin.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Vashingtonga hujum qilish mumkin boʻlmagan infratuzilma obyektlari roʻyxatini berganini aytdi.

“AQSH tomoni bilan infratuzilmani alohida muhokama qilganimiz muhim. Biz bunga koʻp vaqt ajratdik, demak, agar u tinch dengiz va erkin navigatsiya boʻlsa, biz infratuzilma haqida ham gapiramiz”, — Ukraina yetakchisi.

Ukraina rahbarining soʻzlariga koʻra, Ukraina AQSHga Kiyev strategik infratuzilma obyektlari deb hisoblagan obyektlar roʻyxatini alohida topshirgan. Ukraina rahbari oʻt ochishni toʻxtatish rejimiga rioya qilish boʻyicha kelishuvlar mamlakat portlari infratuzilmasini qamrab olishiga umid bildirgan.

Avvalroq, Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning energetika sohasiga zarba berishdan bosh tortish haqidagi “soʻzlari” yetarli emasligini tushuntirgan edi. Uning aytishicha, agar Rossiya kelishilgan nishonlarga zarba bermasa, Ukraina ham oʻz navbatida shunday qiladi.

Oʻz navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari Vashington va Moskva oʻrtasidagi muzokaralar fonida energetika infratuzilmasi obyektlariga zarba berishda davom etganini xabar qildi.

“24-mart kuni Ar-Riyodda Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha Rossiya-Amerika ekspertlar darajasidagi muzokaralar fonida Kiyev rejimi Rossiyaning tinch energiya infratuzilmasi obyektlariga uchuvchisiz havo vositalari yordamida ataylab zarba berishda davom etdi”, deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi bayonotida.

Maʼlum qilinishicha, 24-mart kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari Krasnodar oʻlkasidagi “Rosseti” YAJ Kuban filiali infratuzilmasiga, Lugansk Xalq Respublikasidagi Luganskgaz magistral gaz quvurlari boshqarmasining Svatovo gaz taqsimlash stansiyasiga zarba bergan.

Bungacha, 21-mart kuni Ukraina armiyasi Rossiya gazini Yevropaga yetkazib beradigan eng yirik yoʻlak — Sudja gaz nazorati stansiyasini portlatgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер