Rossiya Ukrainaning ikkita qishlogʻini egallab oldi
Rossiya-Ukraina urushining 965 kungi tafsilotlariga toʻxtalamiz. Rossiya kuchlari Ukraina sharqidagi ikkita qishloq Donesk viloyatidagi Krasniy Yar va Lugansk viloyatidagi Nevskiy qishloqlarini egallab oldi. Bu haqda Rossiya davlat axborot agentligi TASS xabar bermoqda.
Ukrainaning Kuraxov tumanida shiddatli janglar boʻlib oʻtdi. U yerda rus kuchlari 42 ta hujum uyushtirgan. Ukraina qoʻshinlari ushbu hujumlarning 16 tasini ortga qaytargan, ammo janglar hali ham davom etmoqda.
Rossiya aviatsiyasi Kursk viloyatida Ukraina kuchlariga yetti marta hujum uyushtirdi va toʻqqizta boshqariladigan bomba tashlagan. Biroq Ukraina harbiylari bosib olingan Rossiya viloyatining bir qancha hududlarida nazoratni saqlab turibdi.
Vladimir Zelenskiy urushni tugatish boʻyicha “Gʻalaba rejasi”da aniq qurollar va NATOga qoʻshilish uchun shartsiz taklif borligini maʼlum qildi. Agar reja amalga oshmasa, urushni keyingi yildan kechiktirmay tugatishga toʻgʻri kelishini aytgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining taʼkidlashicha, Zelenskiyning rejasi NATOni Rossiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri mojaroga undaydi va Ukraina xalqi uchun falokatga olib keladi.
NATOning kun tartibiga koʻra, Zelenskiy payshanba kuni boʻlib oʻtadigan NATO mudofaa vazirlari yigʻilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ukraina Xalqaro dengiz tashkilotiga Odessa portlariga xalqaro kuzatuv missiyasini yuborishni soʻrab murojaat qildi. Shuningdek, Rossiyani fuqarolik kemalari va don omborlariga hujum qilib, dunyodagi millionlab odamlarni ochlik xavfi ostida qoʻyayotganlikda aybladi.
Harbiy yordam
NATOning yangi rahbari Mark Ryutte harbiy alyans aʼzolari joriy yil Ukrainaga 40 milliard yevro harbiy yordam koʻrsatish vaʼdasini bajarishga qattiq kirishganini va blok yilning birinchi yarmida 21 milliard yevroga yaqin mablagʻ ajratganini maʼlum qildi.
AQSH prezidenti Jo Bayden Zelenskiy bilan suhbatda Ukrainaga havo mudofaa qobiliyati, havodan yerga zarba berishda qoʻllaniladigan oʻq-dorilar, zirhli transport vositalari va boshqa muhim harbiy qismlarni oʻz ichiga olgan yangi 425 million dollarlik harbiy yordam paketini eʼlon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring