Rossiya suvosti kemalari sharqda AQSH ittifoqchilarini “sovuq terga” botirmoqda

Yaponiya va Tayvan yaqinida Rossiyaning suvosti kemasi va harbiy kemalaridan iborat ikki guruh kuzatildi. Kunchiqar yurt Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu harbiy kemalar guruhi Filippin dengizidagi Yonaguni va Iriomote orollari orasida harakatlangan. Bu Yaponiyaning janubi-sharqiy hududlari yaqinida Rossiya suvosti kemasi kuzatilgan ilk holatdir.
“Newsweek”ningyozishicha, Rossiya kemalari bilan birgalikda Xitoy harbiy kemasi ham Tayvan yaqinidagi suvlarda mashqlar oʻtkazgan. “Reuters” maʼlumotiga koʻra, bu mashqlarda ular qoʻshma hujum ssenariylarini ishlab chiqishgan boʻlishi mumkin. Tayvan, oʻzini mustaqil boshqaruvchi orol boʻlsa-da, Xitoy tomonidan oʻz hududi deb koʻriladi.
Aytish mumkinki, Janubiy Koreya, Tayvan va Yaponiya AQSHning sharqdagi eng yaqin hamkorlaridan hisoblanadi. Oʻtgan haftada Rossiya va Xitoy bombardimonchilari Yaponiya va Janubiy Koreya yaqinida havo patrullari oʻtkazgani hamda bu hodisa mintaqaviy muvozanatga taʼsir etgani aytilyapti. Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi harbiy hamkorlik kuchayishi Vashingtonning “doʻstlari”ni bezovta qilmoqda.
Rossiya kemalari Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi bir qator davlatlarda, jumladan, Malayziya, Indoneziya va Tayland kabi mamlakatlarda mashqlar oʻtkazadi. Shuningdek, Moskvaning yangi “Improved Kilo II” turkumidagi suvosti kemasi Filippin yaqinida ham kuzatilgan. Mazkur suvosti kemasining Yaponiya yaqinida koʻrilgan kemalar bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligi aniq emas.
Yaponiya rasmiylari Rossiya suvosti kemasi hududiy suvlariga kirmaganini va xavfli harakatlar qilmaganini taʼkidlashdi. Shunga qaramasdan, suvosti kemasi Yaponiyaning qoʻshni zonasiga qisqa muddatda kirib, keyin Sharqiy Xitoy dengiziga yoʻnalgan. Bunday holatlar xalqaro huquq doirasida ruxsat etilsa-da, mintaqa davlatlari uchun xavotir manbaiga aylanadi.
Rossiyaning Xitoy bilan qoʻshma harbiy mashqlari Sharqiy Xitoy dengizi hududida davom etadi. Bu mashqlar xalqaro geosiyosiy holatni yanada murakkablashtirishi mumkin. Shu sababli, mintaqadagi harbiy harakatlar xalqaro hamkorlik va tinchlikni saqlash uchun katta ahamiyat kasb etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring