Rossiya O‘zbekistonga o‘ndan ortiq “Mi-35” vertolyotlarini yetkazib beradi
Rossiya O‘zbekiston bilan o‘ndan ortiq “Mi-35” rusumidagi vertolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqida “ArmHitec” ko‘rgazmasida Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Drojjov ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Kelishuvga ko‘ra, “Mi-35 vertolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladik. Ayni paytda ishlar muvaffaqiyatli ketayapti va O‘zbekiston bilan harbiy texnik hamkorlik rivojlanib borayapti”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, “Mi-35” transport-jangovar vertolyoti bronetexnika va quruqlikdagi o‘t ochish nuqtalarini yo‘q qilish, shuningdek, shaxsiy tarkib va yuklarni tashish, yaralanganlarni evakuatsiya qilish hamda boshqa vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Mazkur havo transport vositasi zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-yaroqlar bilan ta’minlangan bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida kunu tun jangovar topshiriqni bajarish imkoniyatiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring