Rossiya ota-ona qarovisiz qolgan 2 yoshli oʻzbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan, voyaga yetmagan qizcha Rossiyadan Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda bolalar ombudsmani maʼlum qildi.
Ombudsmanga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.G. (ayol)dan murojaat kelib tushgan.
Murojaatida fuqaro voyaga yetmagan nevarasi D.R. (2023-yilda tugʻilgan)ning otasi vaqtincha hibsxonada, onasi esa migratsiya markazida saqlanayotgani sababli 2 yoshli farzand Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgani, hozirda Nijniy Novgorod shahar bolalar shifoxonasida ekanligini bildirib, nevarasini Oʻzbekistonga qaytarilishida amaliy koʻmak soʻragan.
Bolaning Oʻzbekistonga qaytarish choralari koʻrilib, hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, bolaning onasi ham Oʻzbekistonga farzandi bilan qaytishi uchun choralar koʻrildi.
Natijada 16-may kuni qizcha onasi hamrohligida Oʻzbekistonga olib kelindi va buvisi bilan yashash manziliga yetkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring