Rossiya noqonuniy migrantlar uchun qattiq rejimni joriy etadi
Rossiyada noqonuniy yashab kelayotgan migrantlar 2025-yilning 30-apreliga qadar mamlakatni tark etishi yoki huquqiy maqomlarini tartibga solishi shart. Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan “Noqonuniy migrantlarning Rossiyada boʻlishini tartibga solish boʻyicha vaqtinchalik chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonda mazkur talablar aks etgan. Farmonga koʻra, talablarga amal qilmagan migrantlar deportatsiya qilinishi mumkin.
Migrantlarning huquqiy maqomini rasmiylashtirish uchun qator talablar belgilangan. Ular shaxsiy biometrik maʼlumotlarni topshirish, narkotik moddalar isteʼmol qilmagani va yuqumli kasalliklarga chalinmagani haqida tibbiy koʻrikdan oʻtish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirishni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, migrantlar oʻtgan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlashlari shart.
Qayd etilishicha, Rossiyada noqonuniy migrantlar soni 739 ming nafarga yetib, ularning asosiy qismini Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Armaniston va Ozarbayjon fuqarolari tashkil qiladi. Umumiy migrantlar orasida noqonuniylar ulushi 9 foizni tashkil etadi va bu koʻrsatkich soʻnggi toʻrt-besh yil ichida 30 foizga oshgan.
Prezident farmoniga koʻra, Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma tuzgan muhojirlar deportatsiya qilinmaydi. Bundan tashqari, ularga nisbatan ilgari qabul qilingan deportatsiya yoki Rossiyaga kirishni taqiqlash qarorlari bekor qilinadi. Bu muhojirlar Rossiya hududida turish huquqiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring