Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari pora olganlikda ayblanib, hibsga olindi
Foto: РИА «Новости»
Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Timur Ivanov pora olganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Moskvaning Basmanniy sudi tayanib xabar tarqatdi.
Manbada aytilishicha, unga boshqa shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, uyushgan guruh tuzib, Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun pudrat va subpudrat ishlari davomida oʻta yirik miqdorda pora olganlik aybi qoʻyilmoqda. Sud Ivanovni shu yilning 23-iyuniga qadar hibsga oldi. Oʻz navbatida, Timur Ivonov aybini tan olmadi.
Ishda ishtirok etgan ikkinchi shaxs Sergey Borodin ekani aytilmoqda. Tergov maʼlumotlariga koʻra, u Ivanovning doʻsti va jinoiy fitna ishtirokchisi. Borodin ham 23-iyunga qadar hibsga olingan.
Xabarda aytilishicha, Ivanovning aybi isbotlansa, mamlakat qonunchiligiga koʻra 15-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Ivanov kecha qoʻlga olingan. Bu haqda prezident Vladimir Putinga xabar qilingan.
Ivanov 2012-yilda Moskva viloyati hukumati raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2013-yildan 2016-yilgacha «Oboronstroy» AJ bosh direktori boʻlgan. 2016-yilning mayida Putinning farmoni bilan mudofaa vaziri oʻrinbosari etib tayinlangani. U harbiy qurilish majmuasi ishini nazorat qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring