Rossiya MDH davlatlaridan noqonuniy migrantlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda. Аks holda...

18:15 16 Aprel 2021 Dunyo
1852 0

Foto: РИА Новости

 INTERFAX.RU`ning xabar berishicha, MDH davlatlari noqonuniy ravishda Rossiyada boʼlib turgan fuqarolarini 15 iyunga qadar olib chiqib ketishlari kerak. Аks holda Moskva chegaralarni yopib qoʼyishgacha boʼlgan choralarni koʼradi. 

Bu fikrlarni Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʼrinbosari Aleksandr Gorovoy MDHga aʼzo davlatlar parlamentlararo assambleyasining yalpi majlisida aytib oʼtdi.

“Hamkasblar, sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman. Hozirda bizning mamlakat hududida boʼlgan fuqarolaringizning soni noqonuniydir. Agar Rossiya prezidenti farmonida nazarda tutilganidek, biz ushbu raqamni 15 iyunga qadar olib tashlamasak, bu odamlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi va ular uchun chegaralar yopiladi”, degan u. 

Vazir oʼrinbosari ushbu muammoni hal qilish bilan ommaviy axborot vositalari va “mahalliy bloggerlar” yordamida shugʼullanishni tavsiya qildi.

“Migratsiya rejimlarini buzganlik uchun sizning davlatlaringiz fuqarolariga nisbatan hech qanday huquqni qoʼllash chorasi koʼrilmaydi”, degan Gorovoy.

Pandemiya tufayli baʼzi muhojirlar Rossiyani tark yetishga muvaffaq boʼlishdi, ammo chegaralar yopilishi sababli qaytib kela olmadilar, Аyrimlari esa uylariga qaytish imkoniga ega boʼlmadilar.

Rossiya prezidenti farmonlari bilan qolgan chet elliklarning Rossiyada boʼlib turish yoki yashash huquqi, roʼyxatdan oʼtish muddati va ularning huquqiy maqomini hal qilish boʼyicha va boshqa choralar 2021 yil 15 iyunigacha uzaytirilgan.
.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?