Rossiya hududida 100 dan ortiq dron urib tushirildi

Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakat hududlarida 105 ta uchuvchisiz uchish apparati (dron) yoʻq qilinganini maʼlum qildi. Eng koʻp dron Bryansk viloyatida — 32 ta, Voronejda — 22 ta, Moskva viloyatida — 19 ta urib tushirilgan. Qolganlari Penza (10 ta), Kaluga (9 ta), Belgorod (6 ta), Lipesk va Samara (2 tadan), Vladimir, Kursk va Rostov viloyatlarida (1 tadan) aniqlangan.
Moskva meri Sergey Sobyanin maʼlum qilishicha, Kashir shossesida dron qoldiqlari yerga tushgan, ammo qurbonlar yoki vayronagarchilik qayd etilmagan. “Baza” nashrining yozishicha, dron turarjoy binosi hovlisiga tushgan, jiddiy zarar yetkazmagan.
Samara viloyati rahbari Vyacheslav Fedorishev Telegram orqali dronlar Novokuybishevskdagi sanoat korxonalari ustida urib tushirilganini maʼlum qildi. Bu hududda ham jabrlanganlar va vayronagarchilik kuzatilmagan.
Kursk viloyatidagi Rilsk shahrida dron zarbasi elektr stansiyasiga tegib, ikki nafar — 14 va 17 yoshli oʻsmir jarohatlangan. Ikkita transformator shikastlangani sababli shaharda elektr taʼminoti vaqtincha uzilgan.
Bryansk, Penza, Kaluga va Vladimir viloyatlarida ham dron hujumlari qayd etilgan boʻlsa-da, rasmiylarga koʻra, qurbonlar va jiddiy zarar koʻrganlar yoʻq. Belgorod, Lipesk va Rostov viloyatlari oqibatlar haqida hozircha izoh bermadi.
Hodisalar tufayli Rosaviatsiya Moskvaga qarashli toʻrtta aeroport — “Jukovskiy”, “Domodedovo”, “Vnukovo” va “Sheremetevo”, shuningdek Yaroslav, Ivanovo, Nijniy Novgorod, Kaluga, Volgograd, Qozon, Nijnekamsk, Samara va Saratov aeroportlarining ishiga vaqtincha cheklovlar kiritdi. Hozirda barcha aeroportlar odatiy rejimda faoliyat yuritmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring