Rossiya harbiylari yadro qurollarini qoʻllash boʻyicha mashgʻulotlarni boshlandi

23:30 21 May 2024 Dunyo
454 0

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

Rossiya Mudofaa vazirligi Janubiy harbiy okrugida strategik ahamiyatga ega boʻlmagan yadro qurollarini tayyorlash va qoʻllash boʻyicha amaliy mashgʻulotlardan iborat oʻquv mashgʻulotlarining birinchi bosqichi boshlandi.

«Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni topshirigʻiga muvofiq, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi rahbarligida Janubiy harbiy okrugda strategik boʻlmagan yadro qurollarini tayyorlash va qoʻllashni amaliy sinovdan oʻtkazish bilan mashgʻulotlarning birinchi bosqichi boshlandi», — deyiladi harbiy idora  xabarida.

Janubiy harbiy okrugi raketa tuzilmalari shaxsiy tarkibi «Iskandar» operativ-taktik raketa tizimlari uchun maxsus oʻq-dorilarni olish, ular bilan raketa-tashuvchilarni jihozlash va uchirishga tayyorgarlik koʻrayotgan pozitsiyalarga yashirincha oʻtish boʻyicha jangovar tayyorgarlik vazifalarini mashq qilmoqda.

Aerokosmik kuchlar aviatsiya boʻlinmalarining askarlari aviatsiya qurollarining maxsus jangovar boʻlinmalarini, shu jumladan «Kinjal» aeroballistik gipertovushli raketalarini oʻrnatish, shuningdek, belgilangan patrul zonalarida jangovar harakatlarni oʻtkazish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.

«Davom etayotgan mashgʻulotlar strategik boʻlmagan yadro qurollaridan jangovar foydalanish boʻlinmalari shaxsiy tarkibi va texnikasini javob berishga tayyorligini saqlash hamda provokatsion bayonotlar va tahdidlarga javoban Rossiya davlatining hududiy yaxlitligi va suverenitetini soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan», — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Vazirlik mashgʻulotlar aks etgan videoni ham eʼlon qildi. Unda «Iskandar» operativ-taktik raketa tizimlarining joylashtirilishi va ularga raketalar oʻrnatilgani, shuningdek, aerodromda «Kinjal» gipertovushli raketa tashuvchisi – MiG-31 qiruvchi samolyoti aks etgan.

Prezident Vladimir Putin ushbu mashqlarni «rejalashtirilgan ish» deb atadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер