“Rossiya buni hal qilmaydi” — Makron Yevropa Ittifoqi Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishini inkor etmadi

14:22 17 Mart 2025 Dunyo
103 0

Foto: AFP

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning roziligisiz Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishi mumkin. Bu fikrlarni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aytib oʻtdi. Fransiyaning “Le Parisien” gazetasiga koʻra, tegishli reja allaqachon tasdiqlashning yakuniy bosqichida.

Oʻz navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Makronni Parijni mojaro tarafiga aylantirishga intilayotganlikda va buning uchun har qanday bahona topishga urinayotganlikda aybladi.

“Yevropa Ittifoqi davlatlari Kiyev, Lvov va Odessaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishi mumkin. Va ular Rossiyaning roziligisiz bu qadamni qoʻyishlari mumkin”, —deydi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

“Ukraina suveren, agar u ittifoqchi qoʻshinlarini oʻz hududida boʻlishini soʻrasa, Rossiya rozi boʻladimi yoki yoʻqmi, buni hal qilishi shart emas”, — deya gazeta siyosatchining soʻzlaridan iqtibos keltirgan.

Makronning taʼkidlashicha, har bir Yevropa davlati Gʻarbning Kiyevni “uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlashini” namoyish qilish uchun Ukrainaga bir necha ming kishini yuborishi mumkin.

Makron, shuningdek, Fransiya harbiy xizmatga chaqiruv qayta tiklanmasligini aytdi.

“Bu noreal variant. Chunki bizda endi [moddiy] baza yoʻq, infratuzilma ham yoʻq... Bu mutlaqo real boʻlmagan reja”, — deydi siyosatchi “La Voix du Nord” nashriga. Shu bilan birga, Fransiya prezidenti harbiylar va fuqarolar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Fransiyada harbiy xizmatga chaqirish ikki asr davomida turli shakllarda davom etdi va ammo 1996-yilda toʻxtatilgan.

Makron Fransiya Ukraina Qurolli kuchlariga qoʻshimcha “Mirage 2000” qiruvchilarini topshirishini ham tan oldi.

“Yetkazib berishlar [bu jangchilar] ishlatiladigan uchinchi mamlakatlardan amalga oshirilishi mumkin”, deydi u.

Ukraina Qurolli Kuchlari Fransiyada ishlab chiqarilgan ilk “Mirage 2000” qiruvchilarini 2025-yil fevral oyida qabul qilib oldi. Samolyotlar “Mica” havo-havo raketalari va “Scalp” qanotli raketalari, shuningdek, “AASM Hammer” boshqariladigan bombalari bilan qurollangan.

Rossiyaning reaksiyasi qanday?

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Kiyev rejimi jinoyatlari boʻyicha maxsus topshiriqlar elchisi Rodion Miroshnik Makronni Parijning Ukraina mojarosiga aloqadorligi ehtimolini bahona oʻylab topishga uringanlikda aybladi.

Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanov, oʻz navbatida, Fransiya prezidentidan nima uchun fransuz tinchlikparvar kuchlari “masalan, Global Janubdagi tinchlikparvar kuchlardan yaxshiroq” degan qarorga kelgani haqida savolni oʻrtaga tashladi.

Shu yilning 5-mart kuni Makron Rossiya Parij va Yevropa uchun tahdidga aylanganini aytib, Yevropa Ittifoqini himoya qilish uchun yadro qurolidan foydalanish masalasini muhokama qilishga chaqirdi.

Kreml Fransiya rahbarining bayonotini “oʻta qarama-qarshilik” deb atadi.

“Bloomberg” avvalroq Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer 37 ta davlatni “xohlovchilar koalitsiyasi”ni yaratish uchun jalb qilishga urinayotgani haqida xabar bergan edi. Gap Ukraina hududiga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishga va Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor bir guruh davlatlar haqida bormoqda.

Oldinroq, “Times” gazetasi Buyuk Britaniya hukumatidagi manbaga tayanib, Buyuk Britaniya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar sifatida qoʻshinlarini kiritishni rejalashtirayotgani, ularning ushbu mamlakatda qolish muddati cheklanmasligi haqida xabar tarqatgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер