Rossiya AQSHni global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narыshkin AQSHning yadroviy maydondagi harakatlari global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarayotganini bildirdi. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy bomba sinovi oʻtkazilganining 75-yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan Narыshkin AQSHni asosiy yadroviy kelishuvlardan chiqqani uchun tanqid qilgan. U AQSHning yaqinda Nevadada oʻtkazgan sinovlarini Amerikaning yadroviy salohiyatini namoyish etish niyatidan dalolat beruvchi signal sifatida talqin qildi.
Narыshkinning taʼkidlashicha, AQSH oʻtkazgan koʻrgazmalar goʻyoki hech qanday xalqaro shartnomalarga zid koʻrinmasa-da, u Sovuq urush davrida qoʻllanilgan taktikaga oʻxshash aniq dalillarni oʻrtaga chiqaradi.
Shuningdek, rus razvetkasi rahbari AQSH prezidenti Garri Trumenning Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiyaga atom bombalarini qoʻllash haqidagi qaroriga ishora qilib, AQSH oʻzining “yadroviy balyoz” strategiyasini jonlantirishga urinayotganini aytgan.
AQSH va Rossiya oʻrtasidagi yadroviy muammolar boʻyicha keskinlik, ayniqsa, Moskvaning Kiyevga qarshi harakatlari boshlangandan soʻng kuchayib ketdi. Narыshkinning bunday izohlari yadroviy mojaro ehtimoli boʻyicha global xavotirlar kuchayib borayotganini aks ettiradi. Shunga qaramasdan, rus tomoni bir necha marotaba oʻz yadro qurollarini ishlatishini ishora qilib, xalqaro maydonda bosimlardan qutilishga harakat qilgani ham sir emas.
Global yadroviy arsenallar boʻyicha hisob-kitoblar turlicha, ammo hisobotlarga koʻra, Rossiya va AQSHning har birida minglab yadro kallaklari bor. “Narыshkinning soʻnggi bayonotlari global yadro xavfsizligining zaif ahvolini va yadroviy kuchlar oʻrtasidagi muloqotni davom ettirish zarurligini koʻrsatmoqda”, deb yozadi nashr.
Avvalroq, oʻzbekistonlik paralimpiadachilar musobaqanining birinchi kunini 2 ta medal bilan boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring