Rossiya 2024-yilda qancha askarini yoʻqotdi?
Amerika urushni oʻrganish instituti hisobotiga koʻra, 2024-yil davomida Rossiya Ukrainaga qarshi urushda 420 000 nafar harbiyini yoʻqotgan.
«Oʻrtacha hisobda, rossiyaliklar har bir egallangan kvadrat kilometr uchun 102 kishini yoʻqotgan. Jami 593 kvadrat kilometr hudud egallangan.
Yoʻqotishlar deganda jang maydonida halok boʻlgan va doimiy jangovar qobiliyatini yoʻqotgan yaradorlar nazarda tutilgan», — deyiladi institut hisobotida.
Maʼlum qilinishicha, Rossiya kuchlari 2024-yil sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida kuchaygan hujum operatsiyalari oqibatida, taxminan 125.800 qurbon evaziga 2356 kvadrat kilometr maydonni egallay olishgan. Bu koʻrsatkich 2024-yildagi hududiy yutuqlarining 56,5 foizini tashkil qilgan.
Hisobotda aytilishicha, avvalroq, Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining oʻrinbosari Dmitriy Medvedev 2024-yilda 440 ming chaqiriluvchi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy xizmat shartnomasini imzolaganini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring