Ronaldu Rudigerga, Mbappe Yamalga qarshi: UEFA Millatlar Ligasi 2025-yilgi final bosqichi qayerda oʻtkaziladi?
UEFA Millatlar Ligasi 2025-yilgi final bosqichi — “Final toʻrtlik” Germaniyada boʻlib oʻtadi. Bu haqida Germaniya terma jamoasining chorak finaldagi gʻalabasidan soʻng maʼlum qilindi. Germaniya terma jamoasi Italiyaga qarshi oʻtkazilgan ikki uchrashuv natijasiga koʻra 5:4 hisobida ustun keldi va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 20-mart kuni Milanda boʻlib oʻtgan dastlabki uchrashuvda nemislar 2:1 hisobida zafar quchgan edi.
23-mart kuni Dortmund shahrida boʻlib oʻtgan javob uchrashuvida jamoalar 3:3 hisobida durang oʻynashdi. Garchi nemislar deyarli butun oʻyin davomida hisobda oldinda boʻlishgan boʻlsada, Italiya vakili Jyakomo Raspadori 95-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi. Shunga qaramay, umumiy hisobdagi ustunlik Germaniya foydasiga hal boʻldi va ular musobaqaning yarim finaliga yoʻl oldi.
Germaniyaning bu gʻalabasi bilan bir qatorda, mezbonlik huquqi ham tasdiqlandi. 2025-yil iyun oyida UEFA Millatlar Ligasi yarim final va final uchrashuvlari Germaniyada oʻtkaziladi. Yarim final bosqichda Germaniyadan tashqari Ispaniya, Portugaliya va Fransiya terma jamoalari ham ishtirok etadi. Yarim final bahslari 4 va 5-iyun kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Unda mezbon Germaniya terma jamoasi Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi saf tortsa, magʻlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Ispaniya Mbappe va uning hamyurtlariga qarshi omadini sinab koʻradi. Final 8-iyun kuni boʻlib oʻtishi koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring