Rishton tumanidagi maktabda xorijlik mutaxassis ingliz tilidan dars bera boshladi
Hindistonlik filolog-magistr Nidin Kumar Rishton tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida ingliz tili fanidan dars bera boshladi. Shu munosabat bilan xorijlik mutaxassis maktab jamoasi tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi Rishton tuman boʻlimi rahbari Tursunxoʻja Abdurahmonov soʻzga chiqib, oʻzbek va hind xalqlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar qadim tarixga ega ekanini taʼkidladi. Shuningdek, keyingi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik, xususan, taʼlim sohasidagi aloqalar izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Oʻz navbatida, Nidin Kumar samimiy kutib olish va yaratilgan shart-sharoitlar uchun tuman faollari hamda maktabning pedagogik jamoasiga minnatdorlik bildirdi. U oʻquvchilarga ingliz tilini oʻqitishda ilgʻor xalqaro tajribalarga tayanilgan holda samarali natijalarga erishishga harakat qilishini taʼkidladi.
— Ayni paytda maktabimizda 316 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda, — deydi maktab direktori Sardorbek Yoʻldoshev. — Ularga 36 nafar pedagog dars beradi. Xorijlik mutaxassisdan tashqari, yana 3 nafar malakali ingliz tili oʻqituvchimiz faoliyat yuritmoqda. Pedagoglarimizdan 10 nafardan ortigʻi oliy toifali boʻlib, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega.
Taʼkidlash joizki, maktab oʻquvchilari ingliz tilidan ham salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqda.
Bugundan boshlab Nidin Kumar oʻziga biriktirilgan sinflarda ingliz tili mashgʻulotlarini olib bormoqda. Shuningdek, xorijlik ustoz bilan kelishilgan holda darsdan soʻng oʻquvchilar uchun qoʻshimcha toʻgarak mashgʻulotlari tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring