Respublika sanoati kamida 8,5 foizga oʻstiriladi

15:54 13 Fevral 2026 Siyosat
357 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan yigʻilishda joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit resurslari koʻpayib borayotgani, lekin hokimlar buning iqtisodiy oʻsishga, ish oʻrni va byudjetga taʼsirini hisob-kitob qilmayotgani tanqid qilindi.

Masalan, Tuproqqalʼa, Kitob, Yakkabogʻ va Paxtachida ajratilgan kreditlar kamida 20 foiz oshgan boʻlsa, sanoat oʻsishi 3 foiz ham boʻlmagan.

Agar viloyat hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari mazkur korxonalarning muammosini eshitib, vaqtida yechim topganida respublika sanoatida qoʻshimcha 1 foiz, yalpi ichki mahsulotda 0,1 foiz oʻsish boʻlardi, byudjetga qoʻshimcha 1 trillion soʻm tushum tushardi.

Bosh prokuraturaga soʻnggi uch yilda ishga tushgan, lekin past quvvatda ishlayotgan loyihalarni, ushbu korxonalar faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan har bir masalani birma-bir oʻrganish topshirildi.

Umuman, mutasaddilarga respublika sanoatini kamida 8,5 foizga oʻstirish boʻyicha tarmoqbay va hududbay reja tasdiqlash vazifasi qoʻyildi.

Birinchi chorak yakuni bilan sanoat korxonalarida nechta masala aniqlanib, qanchasi hal qilinganiga qarab, iqtisodiy kompleks, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlarining faoliyatiga baho berilishi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер