Respublika oltin-valyuta zaxiralari hajmi nega kamaydi?

11:27 04 May 2019 Iqtisodiyot
2006 0

Hisob palatasi oʻrinbosarining hisobotida respublikada pul-kredit va valyuta siyosati, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish sohasida ham tahliliy tadbirlar amalga oshirilgani ham aytib oʻtildi.

Xususan, banklarning xizmat koʻrsatishida olinadigan komission mukofotlar miqdorlari oʻrganilib, tariflari qayta koʻrib chiqilgan.

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi, bank tizimida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar yuzasidan yirik davlat ishtirokidagi banklar misolida oʻrganishlar oʻtkazilgan.

Ularda bank aktivlari sifatining yomonlashuvi, bank kapitallashuviga xususiy sektorni keng jalb qilinmasligi, boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilishda salbiy tendensiya, kredit va depozitlar muddatlaridagi nomutanosibliklar kabi tizimli muammolar aniqlangan.

Bu boʻyicha Prezident huzurida 2018 yil 22 noyabrda oʻtkazilgan yigʻilishda keng muhokama qilindi va kiritilgan takliflarni oʻz ichiga olgan holda majlis bayonnomasi tasdiqlangan.

Bundan tashqari, respublika oltin-valyuta zaxiralarining holati yuzasidan 2018 yilda olib borilgan doimiy nazorat natijasida oʻtgan yilda oltin-valyuta zaxiralari miqdori deyarli barqaror saqlanib, yil yakunida 26,4 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Rasmiy oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2018 yil boshiga nisbatan 173,4 mln. dollarga (3,5 foizga) kamaydi. Bu holat Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini investitsiya loyihalariga yoʻnaltirilishi hisobiga yuzaga kelgan.

Respublika oltin-valyuta zaxiralarining qariyb yarmi (43,6 foiz) Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining valyuta mablagʻlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер