Remdesivir dori vositasi “Dori-Darmon” kompaniyasi dorixonalarida 460 ming soʻmdan sotilmoqda

Bu haqda “Dori-Darmon” AK boshqaruv raisi oʻrinbosari Abdugʻani Komilov aytib oʻtdi:
— Remdesivir dori vositasi AQSHning “Gilead Sciences” kompaniyasi tomonidan yaratilgan va ishlab chiqariladi.
Hozirda “Gilead Sciences” kompaniyasi Remdesivir dori vositasini yetkazish boʻyicha 127 ta davlat bilan litsenzion bitim tuzdi. Maʼlum bir davlatlarga ushbu preparatni ishlab chiqarish uchun litsenziya berdi.
Lekin ushbu doriga narx belgilashda kompaniya aralashmaydi.
Oʻzbekiston Remdesivirni Hindistondan import qildi.
Remdesivir “Dori-Darmon” AK dorixonalarida 460 ming soʻmdan sotilmoqda. Preparat asosan koronavirus kasalligini davolashga ixtisoslashtirilgan markazlarga yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, qonni suyultiruvchi Enoksaparin preparati ham Rossiyadan xarid qilinib, dorixonalarimizga yetkazilmoqda. Ushbu dori vositasining narxi, dozasidan kelib chiqib, 115 ming soʻmdan 207 ming soʻmgacha belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring