“Real Madrid”dan kutilmagan burilish nuqtasi
“Real Madrid” klubidagi mojarolar fonida Vinisius Junior emas, Xabi Alonso jamoadan ketishi mumkin. Bu haqida Ispaniyaning “COPE” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, “Real Madrid”ning eng ishonchli insayderlaridan biri Roberto Gomes, agar jamoadagi mojarolar masshtabi kengayib boraversa, Vinisius Junior emas, Xabi Alonso jamoadan ketishini aytgan.
“Bu allaqachon “Real Madrid” rahbariyati tomonidan hal etilgan mavzu. Madrid futbolchilaridan voz kechmaydi. Agar ikki tomon oʻrtasida tanlov boʻlsa, yakunda murabbiy jamoani tark etadi.
Alonsoning faqatgina Vinisius bilan emas, Endrik, Rodrigo, Valverde va Bellingem bilan ham muammolari bor”, degan insayder oʻz intervyusida.
Boshqa nashrlarda esa, agar Xabi Alonso jamoani tark etsa, uning oʻrnini Yurgen Klopp yoki Zinedin Zidan egallashi mumkinligi haqida xabar berilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring