“Real Madrid” PSJ futbolchisini sotib olmoqchi
“Real Madrid” PSJ futbolchisi Dezire Dueni transfer qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, Due Luis Enrike jamoasida oʻz oʻrnidan norozi va Parijni Madridga almashtirishga tayyor. “Real” fransiyalik futbolchiga Parij jamoasida olganidan koʻra koʻproq oʻyin vaqtini kafolatlashga tayyor.
Qoʻshimcha maʼlumotlarga koʻra, ushbu transfer Madrid klubiga 100 million yevroga tushishi mumkin va oʻz navbatida “Real” ham bunga qarshi emas.
Maʼlumot uchun, Due oʻtgan mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida “Golden Boy” mukofotini qoʻlga kiritgan. Joriy mavsumda esa futbolchi PSJ safida hozircha 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring